Xoramzlik yosh erkin kurashchilar mamlakat kubogida zafar quchishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7403
Guliston shahri sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasidagi mamlakat kubogi bahslariga mezbonlik qilayotgani haqida xabar bergan edik. Ayni paytga kelib erkin kurash bo'yicha ham g'olib jamoa nomi aniqlandi.
14 jamoa vakillari orasida final bosqichiga Xorazm va Buxoro viloyati vakillari etib kelishdi. Keskin va murosasiz kechgan bahslar yakunida xorazmlik yoshlar g'alabani tantana qildilar. Yunon-rum kurashi bo'yicha birinchi o'rinni qo'lga kiritgan andijonlik kurash ustalari bu yo'nalishda kuchli uchlikni yakunlab berishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!