So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Sen uxlayotganingda futbolda kichik inqilob yuz berdi – Messi «Barselona»dan ketadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164
5 avgust. Ispaniya va vaqti bilan kechki soat 20:00 ga yaqin “Barselona” klubi rasmiy sayti jamoa Leo Messi bilan shartnomani uzaytirmasligi haqidagi xabarni e'lon qildi. Va shundan so'ng dunyoda media-silkinish yuz berdi...
Xabar matnidagi eng muhim nuqtalarni so'zma-so'z tarjima qilishga urinamiz:
“Klub va futbolchi o'rtasidagi kelishuvga va ikki tomonning ham yangi shartnomani imzolashga bo'lgan istagiga qaramasdan, La Liga normalarida ko'rsatilgan moliyaviy va tashkiliy to'siqlar bois shartnomani imzolash imkonsiz bo'lib qolmoqda. Shu tufayli Lionel Messi endi “Barselona” sharafini himoya qilmaydi".
Dahshat! Shunday emasmi?!
Yo'q, gap bu erda ikki tomonning yo'li ajrayotganida emas. Buni tushunish mumkin. Gap qanday ajarayotganida!
Klub yuqoridagi so'zlar bilan aybdor kim ekanini deyarli ochiq ko'rsatib qo'ymoqda. Faqatgina Xaver Tebas ismini yozishmagan xolos. Bu bilan “Barsa” prezidenti Laporta ashaddiy muxlislarga qarata — namoyish qilib, Kataloniyadagi “Kamp Nou”ga kelishdan foyda yo'q, Madriddagi La Liga bosh qarorgohiga boringlar, — demoqchidek go'yo. Axir bu fanatlar yaqindagini Messi bois ko'chaga chiqishgandi.
Bevosita Messining ketishiga qaytsak. Bu shaxsan men uchun kutilgan yakun. Bir yarim yildan beri ko'p o'ylayotganim sodir bo'ldi. “Barselona” muxlislari qancha haqoratlashmasin dahoning hozir ketishi, bu keyingi yil ketishidan yoki yanada keyinroq ketishidan ko'ra jamoa uchun foydali deyman. Klub o'yinining Messiga bog'lanib qolish ko'rsatkichi ortib ketganiga ancha bo'lgandi, o'tgan mavsumlar bu bog'liqlikdagi foyda foizi payib ketdi (albatta, “Bavariya”dan qabul qilib olingan mag'lubiyat bugungi ishlarga ta'siri voqeadan biri edi).
Bartomeuning o'zini oqlamagan qarorlari ham sabablar orasida bor. U avvaliga Messi bilan xuddi prezidentlik ishidagi sherigidek muomala qildi. Klub ichida, ya'ni, maydon tashqarisida ham argentinalikning o'rni ortib ketdi juda. Murabbiylar masalasi bunga misol. Oxiri mazkur bosim aks bosimni yuzaga keltirdi. Bartomeu kim xo'jayin ekanini ko'rsatib qo'ymoqchi bo'lib yana xato qadamlar tashladi. Eng kattasi — Suares transferi...
UEFAning qo'li
Menimcha, Leoda aniq taklif bor. Qancha o'ylamang, "PSJ" va uning qatarlik shayxlaridan boshqa variant kelmayapti xayolga.
Endi qarang, La Liga rahbariyati istisno qilsa bo'ladigan, murosaga borsa bo'ladigan nuqtada buni qilmayotgani, o'ziga millionlar keltirayotgan bir manbani o'zi ko'mayotgani — bosim ancha yuqoridan kelayotganini anglatadi.
Superliga mashmashalarida UEFAning oldida turgan yagona superklub bu...
Messining azaliy orzusi bo'lgan, uni buyuklar safida eng yuqoriga olib chiqarishi mumkin bo'lgan birgina sovrin bor bu – JCh bosh sovrini. Va bu turnir 2022 yilda...
Buyog'i biroz chigal va aniq asosga ega emas fikrlar. Ammo bu mening shaxsiy fikrlarim. Kuzataylikchi, ko'ramiz!
Futboldagi yangi davr bilan, azizlar!
Orif Tolipov.