So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Tokio-2020. 6 avgust kuni ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati va taqvimi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123
Tokio olimpiadasi tobora o'z yakuniga yaqinlashmoqda. 6 avgust, juma kuni bir necha nafar sportchilarimiz bahslarda ishtirok etishadi. Ularning ro'yxati va taqvimi bilan tanishtirib o'tamiz.
Kanoe: ayollar, 500 metr, ikkilik: Dilnoza Rahmatova va Nilufar Zokirova
05:30. Saralash bosqichi
07:21. Chorak final bosqichi
Badiiy gimnastika: yakkalik, ko'pkurash. Ekaterina Fetisova
06:20. To'p bilan mashq
08:00. Xalqa bilan mashq
10:50. Lenta bilan mashq
13:00. Bulava bilan mashq
Aslida ushbu bahslarda Sabina Tashkenbaeva ishtirok etishi kerak edi, ammo uning o'rniga Ekaterina Fetisova almashtirildi.
Erkin kurash: erkaklar, 74 kg. Bronza medali uchun o'tish bahsi
07:10. Bekzod Abdurahmonov - Augusto Midana (Gvineya-Bissau)
Abdurahmonov ushbu bellashuvda g'alaba qozonsa, bronza medali uchun qozog'istonlik Daniyar Kaysanovga qarshi gilamga chiqadi. Bu bahs 15:40da o'tkaziladi.
Erkin kurash: erkaklar, 97 kg. (medallar uchun)
08:10. Magomed Ibragimov - Suleyman Karadeniz (Turkiya)
Zamonaviy beshkurash: ayollar. Alise Faxrutdinova
10:36. Suzish: erkin usulda, 200 metr.
11:45. Qilichbozlik: bonus bosqichi
13:15. Ot yo'rttirish
15:30. Yugurish va o'q otish