So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
UZREPORT TV Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlarining eksklyuziv translyatsiya huquqini xarid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78
Joriy yilning 24 avgustidan 5 sentyabriga qadar Tokioda Paralimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi.
Mazkur musobaqada o'zbekistonlik bir qator sportchilar o'q otish, parakanoe, parasuzish, uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish, nayza uloqtirish, balandlikka sakrash, para-taekvondo kabi yo'nalishlarda ishtirok etishadi.
Musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimizni qo'llab-quvvatlash maqsadida, UZREPORT TV telekanali Paralimpiya o'yinlarining eksklyuziv translyatsiya huquqini xarid qildi.
“Paralimpiya o'yinlari maqsad sari intiluvchan sportchilar uchun katta imkoniyatlar eshiklarini ochadi, ularga maydonda ham, maydon tashqarisida ham o'z orzularini ro'yobga chiqarishga yordam beradi ”, - dedi UZREPORT axborot agentligi bosh direktori Ravshanxon Djuraev. “Har kuni ko'plab to'siqlarni engib o'tadigan bu sportchilar UZREPORT telekanali tomonidan targ'ib qilinayotgan qadriyatlarning ajoyib timsolidir. Biz faxr bilan Paralimpiya o'yinlarini O'zbekistonda bizning telekanal translyatsiya qilishini e'lon qilamiz. Umid qilamizki, hamyurtlarimiz bu musobaqalarda Riodagi kabi muvaffaqiyatli ishtirok etishadi".
«Sportchilarimizning katta yoki kichik har bir yutug'i hammamiz uchun g'alaba. Biz ularning to'siqlarni engib o'tish va orzularini ro'yobga chiqarishga bo'lgan cheksiz intilishidan ilhom olamiz. Biz har bir o'zbekistonlikdan paralimpiyachilarimizni qo'llab-quvvatlashni, Paralimpiya sporti yordamida yanada inklyuziv jamiyat yaratish yo'lida birlashishni so'raymiz ”, - dedi UZREPORT TV bosh muharriri Gulnoza Husanova.
Ma'lumot uchun, Rio-2016 Paralimpiya o'yinlarida O'zbekiston 8ta oltin, 6ta kumush, 17ta bronza — jami 31ta medalni qo'lga kiritib, umumiy hisobda 15-o'rinni egallagandi.
Xalqaro paralimpiya qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, Tokio Paralimpiya o'yinlarida 22 sport turi bo'yicha 539 medallar to'plami o'ynaladi. O'yinlarda 4400 sportchi ishtirok etishi kutilmoqda, shundan 1756 nafar ayollar - bu o'yinlar tarixidagi rekord ko'rsatkich.