72 yoshli Keyrush Osiyo terma jamoasini qabul qilib oldi

Portugaliya terma jamoasi va "Real"ning sobiq ustozi Karlush Keyrush O'mon terma jamoasini qabul qilib oldi.
72 yoshli portugaliyalik O'mon futbol federatsiyasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Oktyabr oyida JCh-2026 saralashining 4-bosqichida O'mon Qatar va BAA bilan bir guruhdan joy oldi. Guruh g'olibi JCh final turniriga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oladi, 2-o'rinni egallagan terma jamoa esa 5-saralash bosqichida o'ynaydi.
Keyrushning so'nggi ish joyi Qatar terma jamoasi edi. U bungacha Eron, Misr, Kolumbiya, JAR va BAA terma jamoalarini boshqargan, shuningdek, "Manchester Yunayted"da yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan.