Buffon Kezaning o'yiniga yuqori baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94
«Parma» darvozaboni Janluiji Buffon «Yuventus» vingeri va italiyalik Federiko Kezaning o'yiniga yuqori baho berdi.
«Keza «Yuventus»ga o'tganida, men uni u qadar yaxshi deb o'ylamagandim. Rostini aytsam, Evropa chempionatida u aql bovar qilmas o'yin namoyish etdi. Inglizlarga qarshi final o'yinida uni to'xtata olmadilar. Keza bilan «Yuventus»dagi bir mavsumdan so'ng, bularning barchasi endi men uchun ajablantiradigan narsa emas, ammo hech kim uning Evro-2020da bunday yuqori saviyada o'ynashini aniq ayta olmasdi. Agar siz jiddiy turnirda bunday darajadagi o'yin namoyish qila olsangiz, siz
haqiqatan ham o'ziga xos futbolchisiz», - deya Buffonning so'zlarini keltirgan «La Gazetta dello Sport» nashri.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!