Shavkat Imamov: «Endi murabbiylarni saralab olamiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2673
Bugun 6 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi press-xollida “O'zbek futbolini rivojlantirishning bugungi holati: yutuq va muammolar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Ushbu matbuot anjumanida Shavkat Imamov fikrlarini bildirib o'tdi.
“Bolalar futbolini rivojlantirishni istar ekanmiz, birinchi navbatda malakali bolalar murabbiylari bizga kerak bo'ladi. Shu sababli O'FA tomonidan murabbiylarni tayyorlashga katta ahamiyat qaratilmoqda.
OFK bilan hamkorlikda turli o'quv kurslari tashkil qilinyapti. Shuningdek, iqtidorli murabbiylarni saralab olib, ularni tajriba oshirish uchun Evropa mamlakatlariga yuborishni ham rejalashtirganmiz.
Bundan tashqari, murabbiylar uchun yurtimizga tashrif buyurayotgan mutaxassislar ishtirokida turli seminarlar o'tkazib kelinmoqda. Bu yo'nalishdagi ishlarni yanada rivojlantirish rejalashtirilgan”, - deydi Imamov.