Sirdaryoda sport kurashlari bo'yicha O'zbekiston kubogi davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2985
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasida O'zbekiston kubogi bahslari davom etmoqda. Jamoaviy yo'nalishda kechayotgan bahslarning bugungi kun dasturida yunon-rum kurashi bo'yicha g'olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.
Saralash bahslaridagi natijaga ko'ra, 3-o'rin uchun Samarqand va Farg'ona viloyati vakillari gilamga chiqadigan bo'ldi. Mamlakat kubogi uchun esa poytaxt va andijonlik yosh kurashchilar kuch sinashishadi.
Bahslarda Respublikamizning turli hududlaridan 13 ta jamoa ishtirok etmoqda. Ertaga erkin kurash bo'yicha bellashuvlarga start beriladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!