Futbol olamidagi eng omadsiz transferlar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2168
Zlatan Ibrahimovichning transferi uchun «Barselona» 70 million sarflagan edi. Oqibatda, futbolchi Messi bilan chiqisha olmadi va 24 million evaziga «Milan»ga o'tib ketdi. Futbol olamida tez-tez uchrab turadigan bunday transferlar haqida qisqacha.
Jo
Moskvaning «SSKA» jamoasi safidagi ajoyib o'yinlari evaziga ancha-muncha «sovchilar»
orttirgan braziliyalik hujumchini «Man Siti» o'sha davr uchun rekord summa hisoblangan 24 million evroga harid qiladi. Uning sermahsuligiga umid qilgan Shayx Mansurning pullari havoga uchib ketadi. Sababi, Jo 4 mavsum davomida atigi bir bor darvozani ishg'ol qilishning uddasidan chiqadi. Hozirgi kunlarimizga qadar bu transfer klub tarixidagi eng omadsizi deya hisoblanadi.
Gaizka Mendieta
«Valensiya» klubi safidagi fantastik o'yinlaridan so'ng, futbolchi uchun qattiq kurash boshlanib ketdi. O'sha davrlarda «A Seriya» klublari gegemonlik qilardi. Futbolchi uchun kurashda ham Rimning «Latsio» klubi g'olib chiqadi. O'sha davrlar uchun shunchaki daxshatli summa - 48 million evro evaziga futbolchini harid qilgan «Burgutlar» o'z tarixidagi eng omadsiz transferni amalga oshirishadi. Mendieta klub uchun atigi 20 ta o'yinda maydonga tushadi va bir nechtagina gollar uradi. Keyinchalik, «Latsio» muxlislarning noroziligi evaziga uni 2 millionga sotib yuboradi.
Fernando Torres
Roman Abramovich tomonidan harid qilingan Ispaniyalik hujumchi «Chelsi»ning eng omadsiz haridi sifatida tarixda qolishi aniq. U uchun to'langan 59 million evro uvol ketdi. Futbolchi o'z imkoniyatlarining 10 dan birini ham namoyon eta olmadi. O'sha davrlarda londonliklar saviyali hujumchiga juda muhtoj edilar. Shu sabab, katta umidlar bilan harid qilingan Fernando ishonchni oqlay olmadi…
KAKA
«Oltin to'p» sovrini egasi, Jahon chempioni, EChL g'olibi, Klublar o'rtasida jahon chemponi, bir necha bor «Skudetto» sovrindori… Futbol ortidan shuncha yutuqlarga ega bo'lishga ulgurgan KAKA «Milan»dan «Real Madrid» safiga o'tgach, o'z soyasida qolib ketdi. Uning fantastik reydlari, ajoyib jarima zarbalari hamma-hammasi qaergadir yo'qolib qolganday… Kaka qanchalik urinmasin, jamoada o'z o'rnini topa olmadi va 65 million evroning yarmini ham oqlay olmadi… Keyinchalik esa, «Milan»ga bepul o'tadi, ammo u erda ham hech narsa qila olmaydi.
Endi Kerroll
Xali to'liq yulduzga aylanmagan yigitchaning transferi uchun «Liverpul» qo'rqmasdan 44 million sarflaydi. Afsuski, Kerrol 50 ta uchrashuvda atigi 8 bor darvozani ishg'ol qiladu. Bu Trasnfer ortidan «qizillar» Fernando Torresning o'rnini to'ldirmoqchi edilar ,ammo bu reja amalga oshmadi.
Yuqorida keltirilgan futbolchilar futbol olamida ancha mashhur bo'lishgani sababli harid qilingan. Kerrol esa deyarli o'rtacha saviyadagi futbolchi edi va shundayigicha qolib ketdi.