So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Italiyada 33 mag'lubiyatsiz o'yin, Angliyada 55 yil kutilgan sovrin. Evro-2020 Final prevyusi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106
Evro-2020 musobaqasi bizga ko'plab hayajonli daqiqalarni taqdim etdi. Turnir ilk bora butun Evropa bo'ylab tashkil etildi. Bugun uzoq kutilgan turnirning final uchrashuvi Londondagi «Uembli» stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilan. Keling finalchilarning bosib o'tgan yo'li va o'ziga xos jihatlariga e'tibor qaratamiz.
Italiya
Afsonaviy murabbiy Vittorio Pozzo jamoasi 1935 yildan 1939 yilgacha ketma-ket 30 o'yinda mag'lubiyat nimaligini bilmagan. Hozirgi Italiya termasi ustozi Manchinida esa 33 mag'lubiyatsiz uchrashuv mavjud. Jahon rekordiga etishga bor yo'gi 2 uchrashuv qoldi. Amaldagi rekord 1990 yil Braziliyasi va 2000 yillardagi Ispaniya termasiga tegishli, ularning mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi 35 tadan bo'lgan.
Turnir davomida maydonda yaratilgan imkoniyatlar bo'yicha Italiya Angliyani katta ustunlik bilan ortda qoldirmoqda. Gap nafaqat qo'shimcha o'yin daqiqalari, balki uslub haqida ham ketmoqda. Manchini “4-3-3“ o'yin taktikasida jamoasini maydonga tushirayotgan bo'lsa, Sautgeyt “4-2-3-1“ ancha yopiq o'yin ko'rsatuvchi uslubni tanlamoqda. Shuning uchun, Keyn tez-tez himoyaga ham qaytib harakat qilmoqda.
«Skuadra Adzurra» bugungi raqib nisbatan 2 ta ko'p urdi va 2 ta ko'p gol o'tkazib ham yubordi. Bonuchchi va Kelini Acherbi ko'magida ajoyib turnir o'tkazishdi. Kelini ayniqsa hammadan mamnun. Axir u o'zini haqiqiy sardor kabi tutmoqda, u o'tgan jarohatlar va charchoqqa qaramay, Italiya uchun kurashmoqda.
Italiyani Evro-2020ning eng hujumkor jamoasi, deb bo'lmaydi. Yuqori pressingda o'ynash bo'yicha Rossiya terma jamoasi ulardan yaxshiroq natijaga ega. Pley-offda ko'proq qarshilikka duch kelgan finalchilar ozmi-ko'pmi o'zlarining italyancha futboliga o'tib olishdi.
Kezaning jarohat olgani Italiya uchun katta yo'qotish bo'lishi mumkin, uning maydonga tushish-tushmasligi so'roq ostida turibdi. Yana bir qaytadan kashf qilingan Spinatstsola ham jarohat tufayli finalni o'tkazib yuborishi achinarli. Manchinidan bugungi uchrashuvda maydonda qandaydir kadrlar borasida syurprizlarni kutish noo'rin bo'ladi. Chunki bu kabi yirik musobaqalarda finalgacha bo'lgan yo'lda tarkib shakillanib ulguradi. Keza kuchga to'la holatda uni chap qanotga qo'yish varianti Manchinida paydo bo'lishi mumkin edi, lekin tarkibda Emerson borligi uchun bunga zarurat qolmayapti.
Italiyaning uchrashuvga taxminiy tarkibi (4-3-3): Donnarumma; Di Lorentso, Bonuchchi, Kelini, Emerson, Veratti, Jorjino, Barella; Keza, Immobile, Insine.
Angliya
Angliya termasi tarixiga qaraydigan bo'lsak, ular bitta yirik muvaffaqiyatga ega. Bu ham bo'lsa o'z uyida o'tgan 1966 yilgi Jahon chempionati g'olibligi. Evro-96da ular o'z uylarida g'alaba qozonishga yaqin edilar, ammo Sautgeyt nemislarga qarshi uchrashuvda xatoga yo'l qo'ygandi. Natijada, 55 yildan beri hech qanday yirik sovrin yutilmadi.
So'nggi yirik turnirlarda finalchilar o'z markaziy hujumchilarini maydonda “qora“ ishlarni qilishda ishlatadi. Jahon chempionati finalida Jiru va Mandjukichlar ushbu ishni amalga oshirgandi, endi navbat Keyn va Immobilega keldi. Kontening bir fikrida jon bor Chiro oldingi chiziqda ko'p uzatmalar bermaydi. Shuning uchun, uni ba'zida markazga qaytarib turgan ma'qul. Harri Keyn maydondagi “qora“ ishlarini qilib bo'lgach, asosiy vazifasi gol urishga ham kirishdi. U jamoadagi eng yorqin persona emas, lekin eng samarali ekanligi aniq. U turnir davomida 7 bor aniq zarba yo'llab 4 gol urishga erishdi. Yarim finaldagi penaltini hisobga olmasa, Keynda hammasi ajoyib davom etmoqda.
O'sha belgilangan penalti Evro-2020dagi hakamlarga bo'lgan katta etirozni keltirib chiqardi. Umid qilamizki, bu kabi xato boshqa takrorlanmaydi. O'sha vaziyatda Sterling raqib bilan to'qnashgandan keyin maydonga yiqildi. Fizik qonunlarga ko'ra bu tabiiy jarayon, lekin Rahim to'pga intilmadi, aynan yiqilish uchun o'ynadi. Nima uchun hakamlar Angliyani shu yo'l bilan finalga tortishdi ? Bu holatda penalti bor yoki yo'qligini aniq aytib beradigan mutaxassisni ham topish qiyin. Shunchaki Angliyaga omad kulib boqdi.
Omad kelganidan uyalish kerak emas. Bu dunyoda tez-tez sodir bo'ladigan hodisa. Omad sizni mavqeyingizga pastga tushiradimi ? Yo'q, albatta. Ushbu Angliya termasi o'zini juda tartibli ko'rsatmoqda. Klassik Germaniya yoki Italiya terma jamoalari uslubidagi sifatli jamoa. Nemislarni-ku allaqachon musobaqadan chiqarib yuborishdi. Endi navbat italyanlargami ? Ammo «Skuadra Adzurra» chaqilishi juda qiyin bo'lgan yong'oq. Manchini Garetning chaynalib ketgan klassik 4-2-3-1 taktikasi uchun tuzoqlarni o'ylab topgan bo'lishi mumkin.
Inglizlarga shiddatli hujumlarning o'zi etarli bo'lmaydi va agar ular birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborsa, o'zlarining o'yinlarini ko'rsatishga qiynalishadi. Charchagan daniyaliklarga qarshi o'yinni qo'shimcha vaqtgacha olib borgandan ham ko'p narsani tushunib olsa bo'ladi. Ular jarima zarbasidan gol o'tkazib yubordi, ushbu vaziyatda himoyachilar aybdor emasdek go'yo. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham Pikford gol o'tkazib yubordi. Angliya qiyinchilik bilan finalga chiqdi. Eng muhimi asosiy tarkibda hech qanday yo'qotishlarsiz hal qiluvchi o'yinga etib keldi. Sautgeyt barcha yuqori formadagi shogirdlarini «jang»ga tashlashi mumkin.
Angliyaning uchrashuvga taxminiy tarkibi (4-2-3-1): Pikford; Uoker, Stounz, Maguayr, Shou, Fillips, Rays; Foden, Maunt, Sterling; Keyn.
Duel
UEFA mehmonlarni rasmiy mezbonga aylantirib hammani aldaganday bo'ldi. Bundan nima foyda, axir Angliya turnirdagi 7 uchrashuvidan 6 tasini «Uembli»da o'tkazdi. Rimga qilingan bir uchrashuvdagi safar Sautgeyt va shogirdlari uchun oson kechdi. Manchini ham hamkasbi singari, musobaqa formatidan mutlaqo mamnun. Ammo Italiya finalga murakkabroq yo'l bilan chiqdi. Avstriyaliklar, belgiyaliklar va ispanlar nemislar, ukrainlar va daniyaliklarga qaraganda ko'proq energiya ketishiga sababchi bo'ldi. Jismoniy holat final oldidan muhim omil hisoblanadi. Chunki ko'p narsa pressingga bog'liq bo'lib qolishi hech gap emas.
Inglizlar haqiqiy yuqori bosimni faqat Jorjino Barella va Verattidan olishlari mumkin. Bunday uchlikka qarshi “uch sherlar“ ushbu Evroda hali duch kelmadi. Italyanlarda ham charchoq borligi tabiiy.
Ushbu terma jamoalar o'zaro 27 uchrashuvda maydonga tushgan. Italiya 10, Angliya esa 8 g'alabaga erishgan. Qolgan 9 uchrashuvda jamoalar murosa yo'lini tanlashgan. Evro doirasida ikkita uchrashuv mavjud. 1980 yilda italiyaliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan. 9 yil oldingi Kievdagi golsiz durangdan so'ng o'yin penaltilar seriyasigacha borgan va o'shanda italyanlar omadliroq bo'lib chiqqandi.
Shubhasiz, bir-biriga mos bo'lgan raqiblar bugun maydonga chiqishadi. Endi faqatgina medallarning rangini tanlash qoldi.
Ruslan Maksimov tayyorladi