Bugun "Nasaf" ikkinchi davraga tayyorgarlik doirasida G'uzorning "Sho'rtan" jamoasi bilan kuch sinashdi.

Gollarga boy bo'lgan bellashuvda g'uzorliklar 3:4 hisobida g'alaba qozonishdi.

Nazorat uchrashuv.

19.07.2025 | 19:00

"Nasaf" 3:4 "Sho'rtan"

Gol: Suhrob Nurulloev (1:0), Sardor Sa'dullaev (1:1), Azizbek Pirmuhammedov (1:2), Husayn Norchaev (2:2), Po'latho'ja Xoldorxonov (2:3), Doniyor Narzullaev (2:4), Murodbek Rahmatov (3:4).

"Nasaf": Abduvohid Ne'matov, Alibek Davronov, Igor Golban, Shuhrat Muhammadiev, Bahodir Halilov, Javohir Sidiqov, Sharof Muhitdinov, Suhrob Nurulloev, Stefan Cholovich, Dragan Cheran, Husayn Norchaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Aslbek No'monov, Diyorbek Abdunazarov, Javohir Ubaydullaev, Murodbek Rahmatov, Samandar Toirov, Zafar Sa'dullaev, Yashnarbek Berdirahmonov, Toxir Qudratov.