Ronalduga qo'pollik ishlatgan darvozabon jazolandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3296
“Napoli” darvozaboni Aleks Meret “Yuventus”ga qarshi o'yinda ishlatgan qoida buzarligi uchun jazolandi.
21 yoshli posbon Krishtianu Ronalduga nisbatan qo'pol o'ynadi va to'g'ridan to'g'ri qizil kartochka bilan olgan edi.
Meret reglamentga ko'ra, uchta o'yinga chetlatilishi kerak edi. Biroq, uni bitta o'yinga diskvalifikatsiya qilishdi.
Shu tariqa, Meret “A” Seriyaning 27-turidan o'rin olgan “Sassuolo”ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum Meret to'qqizta o'yinda maydonga tushdi va 4 ta gol o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!