Gvardiola transfer rekordini yangilashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1758
"Manchester Siti" himoyachilar xaridi borasida transfer rekordini yangilashi mumkin. Bu haqda "The Telegraph" nashri yozmoqda.
"Siti" ustozi Xosep Gvardiola "Lester" himoyachisi Ben Chilvelni sotib olish tarafdori, ammo "tulkilar"ning yangi murabbiyi futbolchini qo'yib yubormoqchi emas.
"Lester" Chilvel uchun 90 mln evro atrofida mablag' talab qilmoqda, bu esa himoyachilar uchun rekord mablag' hisoblanadi.
22 yoshli futbolchining "Lester" bilan shartnomasi 2024 yilda tugaydi. Joriy mavsumda Chilvel 27 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!