Messi Marokashga qarshi maydonga tushadi, faqat...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3080
Argentina futbol federatsiyasi hujumchi Lionel Messining Marokash terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishi uchun bajarilishi kerak bo'lgan bir necha shartlarni ilgari surdi.
Xususan, Marokash terma jamoasi futbolchilari Messiga qarshi umuman qo'pol o'ynamasligi, u bilan selfi tushishga intilmasligi va o'yindan keyin futbolka almashishni talab qilmasligi lozim, deb xabar beradi North Africa Post.
Eslatib o'tamiz, Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini JCh-2018 musobaqasidan keyin to'xtatgan edi. Uning mart oyi oxirida o'tkaziladigan Venesuelaga qarshi o'rtoqlik o'yinida yana terma jamoaga qaytishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!