«Yuventus» Gvardiolaning agentlari bilan uchrashuv o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2660
«Yuventus» klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri katta ehtimol bilan yozda jamoani tark etadi.
Turinliklar uning o'rniga «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola nomzodini ko'rib chiqmoqda. Jamoa rahbariyati kataloniyalik mutaxassisning agentlari bilan ikki marta uchrashib, muzokara o'tkazishdi.
Shuningdek, "Yuve"ni boshqarish uchun nomzodlar safidan Zayniddin Zidan, Antonio Konte va Yurgen Klopp o'rin olishgan.
Gvardiolaning «Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyul oyiga qadar tuzilgan. Uning bir yillik maoshi 23 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!