«Real» muxlislari Beylning oyog'ini o'pishlari kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2107
Garet Beylning agenti Jonatan Barnett Britaniya matbuotiga bergan intervyusida "Real" muxlislari sha'niga keskin fikrlar bildirdi.
Muxlislar haqida
«Hozirda Garetni tanqid qilayotgan «Madrid»ning bu muxlislari oradan yillar o'tib Beylning gollari haqida gapirishadi. Ular uyalishlari kerak».
Hurmat haqida
«Garet hurmatga loyiq. Muxlislarning unga bo'lgan munosabati — bu shunchaki rasvo. Uning ketishi haqidagi mish-mishlar jonimizga tegdi».
Tanqid haqida
«Ispaniyadagi 6 yillik faoliyati davomida u barcha sovrinni qo'lga kiritdi. U jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Muxlislar esa uning oyog'ini o'pishlari kerak».
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!