So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bahoriy kontsert, taqdirlash, Elena Isinbaevaning tashrifi va «Nafosat-2019» ayollar spartakiadasining boshqa voqeliklari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4078
Bahor fasilining kirib kelishi yurtimizda hamisha o'zgacha xursandchilikda nishonaladi. Tanamizni bahor o'zi bilan olib keladigan kuch va energiyaga to'ldiramiz, tabiat bilan “uyg'onamiz”.
Milliy olimpiya qo'mitasi bu yil bahor kirib kelishiga o'zgacha yondoshdi. Xalqaro xotin-qizlar bayrami ayollarimiz uchun asosiy shodiyonadir. Shu maqsadda yurtimiz bo'ylab tarixda ilk bor “Nafosat-2019” ayollar spartakiadasi o'tkazildi. Mazkur yirik dastur o'zida voleybol, basketbol, gandbol, stol tennisi, velosport va badminton kabi sport turlarini qamrab oldi. 1-2 mart kunlari poytaxtimizda musobaqaning final bosqichi o'tkazilgan bo'lsa, bugun “O'zbekiston” sport majmuasida g'olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda so'zga chiqqan tashkilotchilar va mehmonlar O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan yurtimizda ko'plab sohalar qatori ayollar sportini rivojlantirishga ulkan e'tibor qaratilayotganiga alohida to'xtalib o'tishdi.
Tadbir davomida umumjamoa hisobida g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi:
1-o'rin: Toshkent shahri (6 ta oltin va 1 ta kumush medal);
2-o'rin: Qoraqalpog'iston Respublikasi (2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medali);
3-o'rin: Qashqadaryo viloyati (1 ta oltin).
Barcha sovrindorlarni jahon sportining afsonasi hisoblanmish Elena Isinbaeva taqdirladi. Olimpiya o'yinlarining ikki karra g'olibi o'ziga berilgan so'z navbatida O'zbekistonda sportni rivojlantirish yo'lida olib borilayotgan islohatlarni to'lqinlanib ta'kidladi va bu qilinayotgan sa'yi-harakatlar kelajakda, albatta, o'z samarasini berishini aytib o'tdi.
Sahnalashtiruvchi rejissyor tomonidan ishlab chiqilgan badiiy dastur ko'pchilikda katta taassurot qoldirdi va mehmonlar tadbirdan bir olam quvonch bilan qaytishdi. Milliy Olimpiya qo'mitasi bundan keyin ham sport targ'iboti yo'lida ana shunday tadbirlarni faol o'tkazishda davom etadi.