So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
UEFA ba'zi qoidalarga o'zgartirish kiritmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158
Hujum qilayotgan jamoa vakilining qo'liga to'p bexosdan tegib ketishi oqibatida gollar bekor qilinishi sizni ham bezor qilganmidi ? Endi bunday bo'lmaydi.
Mart oyidayoq IFAB (Xalqaro futbol assotsiatsiyasi ittifoqi) futbolning mazkur qoidalariga o'zgarish kiritilishini ma'lum qilgandi. Unga ko'ra, qoidalar biroz yumshatilishi ko'zda tutilgan. Bu yangilik futbol olamida 1 iyul sanasidan boshlab, Evropa chempionati uchun 11 iyundan boshlab kuchga kiradi.
“Bexosdan to'pning qo'lga tegib ketishi, endilikda qoida buzilishi deb qaralmaydi va gol bilan hujum bekor bo'lishiga sabab bo'la olmaydi”, – deyiladi IFAB saytida.
Quyidagi holatlardagina qo'l bilan o'yin qoidasi buzilgan deb hisoblanadi:
– futbolchining ongli ravishda qo'l bilan to'pga teginishi, qo'lini to'p tomonga harakatlantirishi;
– to'p futbolchining qo'liga tegsa va buni evaziga u tanasining atrofidagi maydonni kattalashishiga erishgan bo'lsa;
– agar futbolchining qo'li notabiiy holatda bo'lganida uning qo'liga to'p kelib tegsa;
– agar to'p hujum uyushtirayotgan futbolchining qo'liga tegib darvozadan joy olsa,
– agar to'p qo'lga tegishi oqibatida hujum uyushtirayotgan yoki himoyalanayotgan jamoa ustunlikka ega bo'lsa, bu holatdagi bexosdan to'pga teginish ham qoidabuzarlik sifatida qayd etiladi;
Agar to'p hujum uyushtirayotgan jamoa futbolchisining qo'liga bexosdan tegib ketsa va bu teginish to'g'ridan to'g'ri golga sabab bo'lib qolmasa bu qoidabuzarlikka kirmaydi.