So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Floyd Meyvezer va bloger o'rtasidagi jangda g'olib nomi aniqlanmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160
Beshta vazn divizionida sobiq Jahon chempioni Floyd Meyvezer 7 iyun tongida videobloger Logan Polga qarshi jang qildi.
Sakkiz raundlik ko'rgazmali jang to'liq davom etdi. Unda ustunlik Meyvezer tomonidan bo'lgan bo'lsada, nokaut qayd etilmagani bois g'olib nomi aniqlanmadi.
Shuningdek, boks kechasida yana ikkita jang o'tkazildi:
Jarrett Herd (24-2, 16 KO) hakamlar qaroriga ko'ra Luis Ariasga (19-2-1, 9 KO) yutqazib qo'ydi: 97-93, 96-93, 94-95;
Badu Jek (24-3-3, 14 KO) 4-raundda Dervin Kolinni nokautga uchratdi (15-1, 13 KO).
Ma'lumot uchun, Floyd professional faoliyati mobaynida 50 ta jang o'tkazib, ularning hammasida g'alaba qozongan (27 ta nokaut).
Logan Pol hisobida esa mag'lubiyat bilan tugagan bitta jang bor.
Manba: daryo.uz