Bangkokda Osiyo Olimpiya kengashining 38-Bosh assambleyasi o'z ishini boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2224
Xabar berganimizdek, Tailandning Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya kengashining 38-Bosh assambleyasi o'z ishini boshladi. Mazkur tadbirda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Axmadjonov va Bosh kotib Jasur Matchanov ham ishtirok etishmoqda. Qolaversa, mazkur jarayon Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari rahbarlarini ham befarq qoldirgani yo'q. Shunday ekan ko'plab xalqaro sport federatsiyalari rahbarlari ham yig'ilishni bevosita kuzatib borishmoqda.
Kecha Bosh assambleyaning birinchi kunida Osiyo Olimpiya kengashining ijroiya qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bugun esa 38-Bosh assambleya o'z ishini boshladi. Unda kun tartibiga qo'yilgan masalalar qatorida kelasi yili bo'lib o'tadigan Tokio Olimpiadasi, 2022 yili Pekinda bo'lib o'tadigan qishki Olimpiya o'yinlari tashkilotchilari tayyorgarlik jarayoni haqida o'z taqdimotini namoyish etishadi. Shuningdek, kun davomida Osiyo Olimpiya kengashining rahbariyatiga, Ijroiya qo'mitasiga va doimiy komissiyalariga nomzodlar saylanadi. Bizni kuzatishda davom eting.