So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekiston 20 ayollar terma jamoasi Markaziy Osiyo birinchiligiga hozirlik ko'rmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84
Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston 20 ayollar terma jamoasi Dushanbe shahri mezbonlik qiladigan "CAFA U20 Women's Championship 2021" xalqaro turnirida ishtirok etadi.
Ushbu terma jamoamiz vakilalari Tojikiston safari oldidan Toshkentdagi o'quv-mashg'ulotlarni boshladi. Ertaga Ilhom Xanjariev shogirdlari «Chig'atoy» stadionida “Bunyodkor-V U20” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazadi.
Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston 20 ayollar terma jamoasi 11-17 iyun kunlari Markaziy Osiyo birinchiligida qatnashadi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, terma jamoamiz Eron, Qirg'iziston, Afg'oniston va mezbon jamoa Tojikiston vakillariga qarshi guruh uchrashuvlarida maydonga tushadi. Barcha bahslar Dushanbe «Markaziy» stadionida bo'ib o'tadi.