So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Napoli» va «Yuventus» mashmashasi davom etadi, faqat boshqacha ko'rinishda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111
«Napoli» rahbariyati ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqarilayotgan bir qator yolg'on ma'lumotlarni rad etdi.
Gap shundaki, neapolliklar nomidan turib ba'zi italyan OAV klubning «Yuventus» ustidan shikoyat qilganini aytishmoqda. Ular turinliklarning Evropa Superligasidan chiqib ketmagani sababli EChLdagi o'rinlaridan mahrum etilishini so'raganlikda gumon qilindi.
Biroq "adzurri" prezidenti Aurelio De Laurentis bu haqdagi ma'lumotlarni rad etdi. Neapolliklar hech qanday muzokaralar bo'lmaganligini da'vo qilishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Turin klubi UEFA tomonidan sanktsiyalarga tortilishi mumkin, chunki «Yuventus» hali ham Superliga klubi g'oyasidan voz kechmagan. Xususan, «keksa sinyora» Chempionlar Ligasidan chetlatilishi mumkin.
O'tgan mavsum A Seriyada «Yuventus» to'rtinchi o'rinni egalladi va EChLga yo'llanma oldi, «Napoli» bu mavsumni beshinchi o'rin bilan yakunladi.