So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Jahon chempionatini engil vaznli sportchilarimiz boshlab berishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90
Vengriya poytaxtida dzyudo bo'yicha jahon chempionati start olmoqda. Reglamentga ko'ra, bugun engil vazn toifasida bellashuvlar bo'lib o'tadi.
Musobaqani -48 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Gulnur Muratbaeva boshlab beradi. Yurtdoshimiz dastlabki bosqichda musobaqa mezbonlaridan biri Eva Chernoviskiga kurash olib boradi.
Uning raqibi 34 yoshda bo'lib, London-2012 Olimpiadasida bronza medalini qo'lga kiritgan. Shuningdek, Pekin-2008 va Rio-2016 Olimpiadalarida ham ishtirok etgan.
Shundan so'ng Kemran Nurillaev -60 kg vazn toifasida jahon va Olimpiada reytingini boshqarib borayotgan yaponiyalik Ryuju Nagayamaga qarshi tatamiga chiqadi.
Ryuju yoshlar o'rtasida jahon chempioni, kattalar o'rtasidagi dunyo birinchiligining ikki karra sovrindori hisoblanadi.
Manba: @OlympicUz