So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
2021 yilda «Oltin to'p»ga kim munosib? Pogba javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 246
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba «Chelsi» futbolchisi Ngolo Kanteni 2021 yilda «Oltin to'p» sovrini uchun munosib deya hisoblaydi.
«Butun olamga jar solib shuni aytamanki, so'nggi oylarda Ngolo qanday o'ynaganini ko'rdik. Aslida u hamisha shunday harakat qilgan. Biz uning o'yini haqida ko'p gapiramiz, ammo u hamisha yaxshi o'ynagan.
Chempionlar ligasi yarim finaliga na Ronaldu, na Messi etib keldi. Shu bois, yarim himoyachilar yoki hattoki hujumchilar o'zlarini qanday ko'rsatayotganini tomosha qilish yoqimli. Agar «Chelsi» Chempionlar ligasida g'olib chiqsa, «Oltin to'p»ni Ngolo Kante olishi kerak, deya anchadan beri aytib kelayotgan edi. U sovringa haqli.
Kante o'yini meni hamisha hayratga solib keladi. U hamisha yuqori saviyada to'p tepadi», – dedi Pogba.