So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ispaniya va Portugaliya JCh—2030 mezbonligi uchun birgalikda ariza topshiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107
Futbol bo'yicha 2030 yilda bo'lib o'tadigan Jahon Chempionati mezbonligi uchun Ispaniya va Portugaliya birgalikda ariza topshiradi, deb xabar bermoqda Ispaniya futbol federatsiyasi sayti.
Unga ko'ra, 5 iyun kuni Madrid shahrida 2030 yilgi mundialning tashkiliy ishlari bo'yicha ikkala tomon o'rtasida ratifikatsion shartnoma imzolangan.
Bundan tashqari Ispaniya va Portugaliya rahbarlari tomonidan imzolangan ushbu tashabbusni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi deklaratsiya ham qabul qilingan. Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales Portugaliya hukumatiga minnatdorchilik ramzi sifatida Ispaniya va Portugaliyaning JCh—2030 mezbonligini qo'lga kiritishni maqsad qilgan harakatlar aktiga imzo chekdi.
Eslatib o'tamiz, 2020 yilda bo'lib o'tadigan Jahon Chempionatiga Qatar mezbonlik qiladi. 2026 yilgi mundial esa AQSh, Kanada va Meksika mamlakatlarida bo'lib o'tadi.
Avvalroq FIFAda Jahon Chempionatini har ikki yilda o'tkazish taklifi ilgari surilgani haqida xabar berilgandi.
JCh—2030 musobaqasini o'zida o'tkazish uchun shu vaqtga qadar Marokash (Afrika); Argentina, Urugvay, Chili va Paragvay (qo'shma, Janubiy Amerika); Bolgariya, Ruminiya, Gretsiya va Serbiya (qo'shma, Evropa) kabi mamlakatlar qiziqish bildirgandi.