So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Dinamo» Toshkentda «Olimpik»ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97
Pro liga 9-turining so'nggi va markaziy o'yinida «Dinamo» Toshkentda «Olimpik» klubi mehmoni bo'ldi.
Uchrashuvning 30-daqiqasida Temur Kapadze shogirdlari himoyachimizning xatosidan keyin Temur Mamasiddiqovning goli bilan hisobni ochishdi – 1:0.
Bo'lim yakunida hujumkorlikni oshirgan vakillarimiz 44-daqiqada Shohrux Abdurahmonovning uzoq masofadan yo'llagan ajoyib zarbasi bilan hisobni tenglashtirishdi – 1:1.
Ikkinchi bo'limda hujumkorlikni oshirgan Hakim Fuzaylov shogirdlari 70-daqiqada tajribali himoyachi Obid Jo'raboevning goli evaziga Toshkentdan muhim g'alaba bilan qaytishdi – 1:2.
Natijada Samarqand jamoasi ochkolari sonini 15taga etkazib, 3-o'ringa ko'tarilib oldi. «Olimpik» esa 14 ochko bilan 4-o'ringa tushdi.
Pro liga. 9-tur. 3 iyun
«Olimpik» - «Dinamo» - 1:2
Toshkent, «Jar» stadioni.
Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev (Namangan)
Gollar: Temurbek Mamasiddiqov 30 – Shoxruh Abdurahmonov 44, Obid Jo'raboev 70.
«Olimpik»: H.Abdunabiev, M.Mirsaidov, Sh.Sultonmurodov, B.Shamsiev, F.Muxtorov, M.Ibrohimov, D.Tursunov, T.Mamasiddiqov, A.Bo'riev, O.Jo'raqo'ziev, A. Odilov.
«Dinamo»: Arslonbek Ahrorov, Dmitro Sidorenko, Muhammadqodir Hamraliev, Obid Jo'raboev (Humoyun Sherbo'taev, 75), G'olib Sariboev, Komil Sharofutdinov, Temurbek Ismoilov, Oleg Marchuk, Shoxruh Abdurahmonov (Siroj Meliev, 58), Sardor Eminov (Islom Sharipov, 85), Timur Usmonov.