So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
FIFA «PSJ»ni jarimaga tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144
"PSJ" klubi hujumchi Mauro Ikardini "Inter"dan transfer qilish chog'ida qoidabuzarlikka yo'l qo'ygani uchun FIFA parijliklarni jarimaga tortish haqida qaror chiqardi.
Gap shundaki, argentinalik futbolchi 2019 yilning yozida ijara asosida "PSJ"ga o'tgan bo'lib, parijliklar keyinchalik uning transfer huquqini 50 mln evroga sotib olish majburiyati o'z zimmalariga olishgan.
Klublar o'rtasida tuzilgan shartnomada, agar "Pari Sen-Jermen" 2020 yilning yozida Ikardini Italiyaning boshqa klubiga sotadigan bo'lsa, jamoa "Inter"ga yana 15 million evro to'lashi ko'zda tutilgan.
Bu esa FIFA qoidalariga zid bo'lib, mazkur holat transferga uchinchi tomonning ta'siri sifatida baholanadi. Bundan tashqari, frantsiyaliklar kelishuvning ushbu bandi borasida mas'ul tashkilotlarni xabardor qilishmagan.
Ushbu qoidabuzarlik tufayli FIFA "PSJ"ni 10 ming shveytsariya franki (9 121 evro) miqdorida jarimaga tortishga qaror qildi.