So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Evroittifoq sudi FIFA va UEFAga qarshi Evropa Superligasi da'vosini ro'yxatdan o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136
Evropa Superligasi tashkilotchilari FIFA va UEFA taqiqlaridan keyin ham kurashni davom ettirmoqda.
Evroittifoq sudi raqobat to'g'risidagi qonunni buzgani sababli FIFA va UEFAga qarshi Superliga ishtirokchilarining da'vosini ro'yxatdan o'tkazgan, bu haqda tashkilotning Twitter’dagi sahifasida xabar berildi.
Qayd etish joiz, dastlabki da'vo Madrid sudiga berilgandi.
Avvalroq, UEFA Superligani tark etmagan «Real», «Barselona» va «Yuventus»ga nisbatan intizomiy ish choralari qo'zg'atilganini ma'lum qilgandi.
Eslatib o'tamiz, 2021 yilning 18 aprel kuni 12 klub boshchiligida Evropa Superligasiga asos solingandi. Oradan ikki kun o'tib qator klublar birin-ketin loyihani tark eta boshladi va Superliga loyihasi vaqtincha to'xtatildi. Ayni damda faqat «Real», «Barselona» va «Yuventus» loyihadan voz kechmagan.