So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Adren Rabo Allegrining qaytishi haqida o'z fikrlarini aytib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118
"Yuventus" yarim himoyachisi Adren Rabio Turin klubiga qaytgan murabbiy Massimiliano Allegri haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ikki yil oldin "Yuventus"ga u murabbiy bo'lishini bilganim uchun ham kelgandim. "Yuventus" u bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi, ikki marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi. O'ylaymanki, so'nggi ikki yil ichida u futbolni va uning qanday rivojlanishini kuzatdi. Pirlo bilan yaxshi munosabatda edim. Uning pozitsiyasida yaxshiroq o'ynash maslahatiga amal qildim. Uning aniq g'oyalari bor, hatto ba'zan ularni amalga oshirolmagan bo'lsak ham. Men uning emotsiyasini yaxshi ko'rardim", - deydi Rabo.
Frantsuz 2019-yilda "Yuve"ga "PSJ"dan erkin agent asosida o'tdi. O'shanda Allegri "Yuventus" ustozi bo'lgan, ammo mavsum oxirida u lavozimidan bo'shatilgan, o'rniga Mauritsio Sarri kelgan edi.