So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Chelsi» EChLdagi g'alaba uchun qancha ishlab oldi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198
Kecha «Chelsi» «Manchester Siti»ni mag'lub etib, Chempionlar Ligasi kubogini qo'lga ktritdi.
London klubi oltin medallardan tashqari Evropaning asosiy turnirida g'olib bo'lganligi uchun yaxshigina pul ishlab oladi.
Guruh bosqichiga kirgani uchun jamoa 13,14 million funt sterlingga ega bo'lgan. Guruh bosqichidagi har bir g'alaba 2,32 millionga teng, durang esa 770 mingga.
1/8 finalga chiqqanligi uchun klub 8,16 million, chorak finalga chiqqanligi uchun 9 million, yarim final uchun esa 10,3 million olgan. Yakuniy g'alaba «Chelsi»ga 16 million funt taqdim etdi.
Natijada, London klubi Chempionlar Ligasida 70 million funtdan kamroq daromad oldi.
Jurnalistlarning ta'kidlashicha, turnirda kumush medallarni qo'lga kiritgan «Manchester Siti» 60 million funt ishlab topgan.