So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Inter" futbolchisi "PSJ"ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177
"Inter" himoyachisi Ashraf Hakimi "PSJ" klubiga o'tishga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda jurnalist Muhammad Buxafsi.
Manbaning xabariga ko'ra, frantsuz klubi 22 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishgan. Avvalroq "PSJ" Hakimiga 8 million evro maosh bilan 2026 yilgacha shartnoma taklif qilgani haqida xabar bergan edik.
Qayd etilishicha, "PSJ" va "Inter" o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, tomonlar kelishuvga yaqin. Londonning "Chelsi" klubi ham Hakimi xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
2020/2021 yilgi mavsumda Hakimi "Inter" tarkibida barcha turnirlarda 45 o'yin o'tkazib, 7ta gol urdi va 11ta golli pas berdi.
Eslatib o'tamiz, u 2019-yil tsentyabr oyida "Real"dan 45 million evro evaziga "Inter"ga ko'chib o'tgan edi.