So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Prevyu. «Manchester Siti» - «Chelsi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138
Bugun Chempionlar ligasining final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda ikki ingliz klubi o'zaro to'qnash kelishadi.
Uchrashuv Portugaliyaning Portu shahridagi "Estadio Dragau" o'yingohida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.
"Manchester Siti"
«Shaharliklar» bu mavsumda fantastik darajadagi o'yinlari bilan yodda qoldi. Mamlakat chempioniga aylandi. Yana bir sovrin – Angliya liga kubogini ham o'zlariniki qila olishdi. APLda raqobat o'ta kuchli ekanligiga qaramasdan, muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi. Bu klubning so'nggi o'n yil ichidagi beshinchi tituli hisoblanadi.
Pep Gvardiola shogirlari bilan xalqaro maydonda ham teng darajadagi saviyali o'yinlar olib bordi. G'alabali tseriyalar qayd eta oldi. S guruhida birorta ham mag'lubiyatga uchramay, peshqadam sifatida pley-offga yo'l oldi. Jamoa Portugaliyadagi finalga yuqori kayfiyatda tashrif buyurmoqda. Negaki, o'z maydonida «Everton»ni yirik 5-0 hisobida tor-mor keltira oldi va muxlislari ko'z o'ngida APL kubogini baland ko'tarishdi. Motivatsiya jihatdan esa turnir finaliga ilk bor chiqayotgan klub, mavsum ohiri bo'lishiga qaramay ayni yuqori notada. O'yin oldidan uyushtirilgan matbuot anjumanida Pep o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi: "Men ushbu klubda o'zimni eng baxtli insonday his qilyapman. Bunday darajda turishimiz bizga sharaf va faxr. Finalda qanday o'ynash kerakligini bilamiz. Shogirdlarim ham barcha imkoniyatlarini ishga solib o'yinni yutishga urinib ko'rishadi".
Jamoaning finalgacha yo'li:
G': 11, D: 1, M: 0, T-N: 25-4
1/8 final: "Borussiya M." (umum. 4-0)
1/4 final: "Borussiya D." (umum. 4-2)
1/2 final: «PSJ» (umum. 4-1)
To'purarlar: R. Mahrez, F. Torres (4 tadan)
«Chelsi»
London jamoasi butun mavsum davomida notekis o'yinlar o'tkazishdi. Mavsum yarmida murabbiy almashishi klub o'yinlarini butunlay yaxshi tomonga o'zgartirdi. Chempionlar ligasi guruh bahslarini Frenk Lempard boshchiligida yakunlagan «ko'klar», pley-off da Tuxel qo'l ostida ishtirok etishdi va kuchli raqiblarni engib, final yo'llanmasiga xaqli ega chiqdilar. APLda ham ishlari yurushmayotgan jamoani, yangi murabbiy kelib, butunlay isloh qildi. Mavsumni EChL uchun qoniqarli pog'onada yakunlay oldi. Albatta, bunda hamshahri – «Tottenhem»ni «tulkilar» ustidan g'alabasi ahamiyatli bo'ldi. Biroq, umumiy kartinada, baribir londonliklar o'yini oldinga siljidi.
Tuxel jamoaga kelgach reforma ishlarini olib bordi. Xarid qilingan kuchli o'yinchilarni o'z darajasida o'ynab ketishiga yordam berdi. To'g'ri, orada kutilmagan mag'lubiyatlar ham bo'lib turdi. Bunga so'nggi turda uy stadionida «Villa»dan uchralgan mag'lubiyat yaqqol misol bo'la oladi. Shunga qaramasdan, klub mutlaqo o'zgardi. Buni isboti sifatida, so'nggi ikkita uchrashuvda «Siti» ustidan g'alaba qozonilganini keltirish mumkin. Uchinchi o'yinga esa ikki jamoa ikki xil kayfiyatda etib kelgan. Londonliklar ko'tarinki ruhda deyish biroz mushkul. Bunday deyishimizga Angliya kubogi finalida «Lester»ga, ligada esa, asosiy raqiblaridan bo'lgan «Arsenal»ga derbida imkoniyatni boy berganligi asos bo'la oladi.
Matbuot anjumanida Tuxel ham final oldidan fikr bildirdi: "Bolalikdan ChL o'yinlarini orzu qilasiz va o'sha payt bu etib bo'lmas orzudek tuyuladi. Hozir esa, men buni ichidaman. Finalda jamoamizga qat'iyat juda zarur bo'ladi. O'tgan va yakuniga etayotgan mavsumda «Siti» va «Bavariya» kabi jamoalar butun Evropada etalon bo'la olishdi. Raqib o'ta kuchliligini bilamiz. Barchasi o'yindagi 90 daqiqalikda hal bo'ladi. Maydonda nima bo'lishini oldindan tahmin qilish mushkul ish".
Jamoaning finalgacha yo'li:
G': 8, D: 3, M: 1, T-N: 22-4
1/8 final: "Atletiko M" (umum. 3-0)
1/4 final: «Portu» (umum. 2-1)
1/2 final: "Real M" (umum. 3-1)
To'purar: Olive Jiru (6 ta)
Eslatib o'tamiz, final bahsini tungi soat 12 dan boshlab, Uzreport TV kanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Jaloliddin Ismatov tayyorladi.