So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
EChL. Raqamlarda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149
Evropa Chempionlar Ligasi joriy mavsumida kuzatilgan statistik ko'rsatkichlar bilan bo'lishamiz.
Shu paytga qadar 124 o'yin o'tkazilgan bo'lsa, umumiy 365 gol kiritildi. Bu har bir o'yinga o'rtacha 2.95 gol degani. Boshqacha qilib aytganda har 31 daqiqada to'p darvoza to'ridan o'rin olgan.
Joriy mavsum musobaqada eng ko'p kiritgan jamoalar bilan tanishing:
1. «Bavariya» — 27 gol
2. "Manchester Siti" — 25
3. «Chelsi» — 22
4. PSJ — 22
5. "Borussiya Dortmund" — 19.
Umumiy urunishlar bo'yicha ham «Bavariya» etakchi bo'lib turibdi. Myunxenliklar joriy mavsum raqib darvoza tomon 166 urunishni amalga oshirishgan:
1. «Bavariya» — 166
2. "Manchester Siti" — 163
3. "Real Madrid" — 163
4. PSJ — 145
5. «Barselona» — 143.
Darvoza tomon aniq zarbalar soni bo'yicha esa bugun Chempionlar Ligasi finalida «Chelsi»ga qarshi o'ynaydigan "Manchester Siti" klubi hisoblanadi.
1. "Manchester Siti" — 72 aniq zarba
2. "Real Madrid" — 63
3. «Barselona» — 62
4. «Bavariya» — 61
5. «Chelsi» — 57.
Eng ko'p o'yin qoidasini buzish bo'yicha esa Tomas Tuxelning «Chelsi» klubi yaqqol etakchilik qilmoqda:
1. «Chelsi» — 169 fol
2. «Bavariya» — 137
3. «Portu» — 132
4. «Leyptsig» — 130
5. PSJ — 128.
Manba: uefa.com