So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Keyingi mavsumda MYuga kerak futbolchilar. Ularni shaxsan Sulsher xohlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoa tarkibini kengaytirishni istamoqda. 48 yoshli mutaxassis markaziy himoya, yarimhimoya, hujum pozitssiyasi va to'qqizlik chizig'ini kuchaytirish niyatida.
Uning uchun ustuvor maqsad sifatida Pau Torres («Vilyarreal»), Deklan Rays («Vest Xem»), Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund) va Xarri Keyn («Totenxem») kabi futbolchilar turadi.
Ammo Sulsher tushunib turibdiku, bunday top futbolchilarning 4 nafari bilan shartnoma imzolash 300 million funt atrofida bo'ladi va bu reallikan uzoqda. O'z ro'yxati ichidagi eng muhim futbolchi sifatida esa Sanchoni belgilamoqda, Keynning transferi esa juda mushkul masala.
O'tgan yozda, «MYu» Sanchoning shartnomasi qiymatini ish haqi va agentlik to'lovlari bilan birgalikda 250 mln evro atrofida baholagandi. «Vest Xem» Rays uchun 100 mln evro so'ramoqda. Torresning transferi esa taxminan 30 mln evroga baholangan.
«Manchester Yunayted» rahbariyatida shuningdek, «Real» markaziy himoyachisi Rafael Varan bilan qiziqmoqda. Frantsiyalik himoyachining narxi 60 mln funt atrofida.