So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Boks. Erkaklar. O'zbekistonlik sportchilarning 7 nafari Osiyo chempionati finaliga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116
Boks bo'yicha 2021 yilgi Osiyo chempionatining yarim final bahslari 28 may, juma kuni bo'lib o'tdi.
O'zbekistonlik o'n nafar bokschi ringga ko'tarildi. Bahodir Jalolov kuvaytlik Alanzi Abdurrahmonni ikkinchi raunddagi nokaut evaziga taslim etdi. U finalda azaliy raqibi qozog'istonlik Qamishbek Qo'nkaboevga qarshi jang qiladi.
Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Nodirjon Mirzahmedov, Bobousmon Boturov, Saidjamshid Ja'farov va Dilshodbek Ro'zmetov ham o'z janglarini g'alaba bilan yakunlab, finalga yo'l oldi.
Abdumalik Halokov, Elnur Abduraimov va Sanjar Tursunov mag'lubiyatga uchrab, o'z yurishini yarim finalda tugatdi.
Osiyo chempionati—2021 yarim final natijalari bilan tanishing:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov 5:0 hisobida Unubold Orxontangalagno (Mo'g'uliston) mag'lub etdi;
-52 kg: Shahobiddin Zoirov Azat Usenalievni (Qirg'iziston) taslim etdi (4:1);
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov 5:0 hisobida Junmilardo Ogayredan (Filippin) ustun keldi;
-60 kg: Abdumalik Halokov Tsenbataar Erdenebatga (Mo'g'uliston) yutqazib qo'ydi (2:3);
-64 kg: Elnur Abduraimov 0:5 hisobida Chinzorig Baatarsuxga (Mo'g'uliston) mag'lub bo'ldi;
-69 kg: Bobousmon Boturov raqibi Vikas Krishan (Hindiston) jangni davom ettira olmagani evaziga texnik g'alabaga erishdi;
-75 kg: Saidjamshid Ja'farov 5:0 hisobida Eumir Marsyalni (Filippin) mag'lubiyatga uchratdi;
-81 kg: Dilshodbek Ro'zmetov Shabbos Negmatulloevni (Tojikiston) engdi (5:0);
-91 kg: Sanjar Tursunov 0:5 hisobida Sanjitga (Hindiston) yutqazib qo'ydi;
+91 kg: Bahodir Jalolov 2-raunddagi texnik nokaut evaziga Alanzi Abdurrahmonni (Kuvayt) taslim etdi.