So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Engil atletika. Tokio-2020 Olimpiadasi uchun litsenzion musobaqa start oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86
Xabar berilganidek, bugun poytaxtimizda engil atletika bo'yicha mamlakat ochiq chempionati start oldi.
Mazkur musobaqada Qirg'iziston va Tojikiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishmoqda. Ahamiyatlisi, unda atletlar Tokio-2020 Olimpiada normativlarini bajarish orqali litsenziyalarni qo'lga kiritishlari mumkin.
Chempionatning saralash bahslarini MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov ham kuzatib bordi. MOQ rahbari tashrif davomida O'zbekiston engil atletika federatsiyasi mutasaddilari bilan uchrashib, tashkiliy ishlar bo'yicha fikr almashdi va atletlarimizga omad tilab o'tdi.
Buguni dasturda Ekaterina Voronina, Svetlana Radzivil, Nadiya Dusanova, Safiya Sadullaeva kabi hamyurtlarimiz ishtirok etishmoqda.
Manba: @OlympicUz