So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Allegri "Yuventus"ga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116
Murabbiy Massimiliano Allegri "Yuventus" ga qaytdi.
Insider Fabrizio Romano xabariga ko'ra, italiyalik mutaxassis "Yuventus" bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolagan.
53 yoshli mutaxassis yiliga 9 million evro oladi. Allegri "Real" va Zidan bilan bog'liq vaziyatning echimini kutmaslikka qaror qildi.
Yaqin soatlarda Allegrining tayinlanishi to'g'risida rasmiy xabar e'lon qilinishi kutilmoqda.
Massimiliano allaqachon "Yuventus"ni 2014-2019 yillarda boshqargan, jamoa bilan 11 ta sovringa ega chiqqan. U Turin klubini ikki marta Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqqan. Ammo, mazkur uchrashuvlarda "Barselona" va "Real"ga yutqazgan.
Eslatib o'tamiz, bugun "Yuventus" Andrea Pirloni bosh murabbiy sifatida iste'foga chiqishini e'lon qildi.
Manba: sports.ru