So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Boks. O'zbekistonlik besh nafar qiz finalga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116
Dubaydagi Osiyo chempionatining 27 may kungi dasturida ayollar o'rtasida barcha vaznlarda yarim final janglari tashkil etildi. Dastur doirasida o'zbekistonlik etti nafar qiz ringga ko'tarilishdi.
Vakillarimizning besh nafar o'z raqiblarini mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Ikki sportchimiz esa musobaqani bronza medali bilan yakunlaydigan bo'ldi.
Natijalar bilan tanishtirib o'tamiz.
-48 kg: Gulasal Sultonalieva - Xose Gabucho (Filippin) - 4:1
-54 kg: Sitora Shagdarova - Edenedali Michidma (Mo'g'uliston) - 4:1
-57 kg: Sitora Turdibekova - Mijigona Samadova (Tojikiston) - 5:0
-64 kg: Mohinabonu Abdullaeva - Milana Safronova (Qozog'iston) - 0:5
-69 kg: Navbahor Hamidova - Lovlina Borgoain (Hindiston) - 3:2
-75 kg: Mavluda Mavlonova - Marina Volnova (Qozog'iston) - 3:2
+81 kg: Mohira Abdullaeva - Anupama (Hindiston) - 0:5