So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Gvardiolaning "Manchester Siti"da qolishi yoki jamoani tark etishi borasida aniq ma'lumot berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 248
"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola ushbu yozda boshqa klubga ketmoqchi emas.
Jurnalist Fabrizio Romanoning xabariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis "Manchester Siti"dan ketmoqchi emas. Jamoa shanba kuni Chempionlar Ligasini yutgan taqdirda ham u klubda qoladi.
Gvardiola "Manchester Siti" rahbariyati bilan allaqachon kelasi mavsum uchun transfer ishlarini rejalashtirish bilan shug'ullanmoqda.
Avvalroq, «Barselona» prezidenti Xoan Laporta EChL finalidan keyin Gvardiola bilan bog'lanishi va unga Kataloniya klubiga qaytishi taklif qilishi haqida ma'lumotlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Gvardiola «shaharliklar» bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirdi. Uning Angliya klubi bilan shartnoma bandida yozilshicha, hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish ham mumkin.
Manba: twitter.com/FabrizioRomano