So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Kontening ketishi Lukakuning «Inter»dagi kelajagiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128
«Inter» hujumchisi Romelu Lukaku yozgi transferlar vaqtida klubini o'zgartirishi mumkin.
Antonio Kontening bosh murabbiylik lavozimini tark etishi belgiyalikning «Inter»dan ketishi ehtimolini oshirdi. Lukaku Italiyakelmasidan avval ham baxtli edi, ammo Konte bilan ishlash imkoniyati uning ikki yil oldin «Inter»ga o'tishga rozi bo'lishiga sabab bo'lgan edi.
Lukaku va «Inter» qaror qabul qilishga shoshilmaydilar. Ikkala tomon ham kelajakda muzokara olib borish uchun yangi murabbiy tayinlanishini kutishni istashmoqda.
Lukakuning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi uch yildan so'ng o'z nihoyasiga etadi. Hujumchi endi qisqa ta'tilda, shundan so'ng u Belgiya terma jamoasiga qo'shilib, Evro-2020ga tayyorgarlik ko'radi.
Ma'lumot uchun, 28 yoshli futbolchi o'tgan mavsum A Seriyaning 36 o'yinida maydonga tushib, 24 gol urgan va 11 golga uzatma amalga oshirgan.
Manba: Sky Sports