So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Kumanning iste'fosi «Barselona»ga qanchaga tushadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129
Ronald Kuman «Barselona» bosh murabbiyligi lavozimidan ketgan taqdirda klub niderlandiyalikka qancha tovon puli to'lashi kerakligi ma'lum bo'ldi.
Kataloniya klubi 58 yoshli mutaxassisga taxminan 13 million evro to'lashi kerak.
Agar Kumanning «Barselona»dagi shartnomasi oxirigacha tugamagan bo'lsa, klub unga 5,8 million evro to'lashi kerak. Ushbu summaga murabbiyning «Barsa»dagi bir yillik maoshi - 7,2 million evro ham qo'shilishi kerak.
Kuman Niderlandiyaning Qirollik futbol ittifoqiga milliy terma jamoa bosh murabbiyligidan muddatidan oldin ketgani uchun 5 million evro tovon puli to'lashi kerak.
Biroq, Diario Sport o'z manbalariga asoslanib xabar berishicha, mutaxassis ushbu mablag'ni o'z daromadlari hisobidan to'lagan. Boshqa manbalarga ko'ra, bu miqdor hali to'lanmagan.
Oldinroq «Barselona» prezidenti Xuan Laporta Kumanga klub boshqa murabbiylar bilan muzokara olib borayotganini aniq aytgani haqida xabar berilgan edi.
Manba: Diario Sport