UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bahrom Norsafarov: "Ruminiya kabi kuchli raqiblarga qarshi o'yinlar biz uchun juda foydali"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2024
Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi «Turkish Women's Cup 2019» xalqaro musobaqasida Ruminiyaga qarshi bahs olib borib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. O'yindan keyin terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun terma jamoamiz futbolchilari juda yaxshi harakat qilishdi. Avvalgi o'yinda Hindistonni mag'lubiyatga uchratgandik. Afsuski, bugun mag'lub bo'ldik. 37-daqiqada raqib imkoniyatndan unumli foydalanib, gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Shogirdlarimning bugungi harakatidan qoniqish hosil qildim. Yana bir narsani ta'kidlab o'tish kerak. Bugungi o'yinda hakamlik juda yomon bo'ldi. Youtube saytida mazkur o'yin videosi bor. Istaganlar kirib ko'rishlari mumkin. Agar hakamlar adolatli bo'lishganda, bugungi natija umuman boshqacha ham bo'lishi mumkin edi. Ammo biz natija uchun o'ynamadik. Asosiy maqsadimiz shunday o'yinlarda asosiy tarkibni shakllantirib olishdan iborat. Ruminiyaga qarshi kuchli raqiblarga qarshi o'yinlar biz uchun juda foydali.
Oldimizda Olimpiada saralashi bahslari kutib turibdi. «Turkish Women's Cup 2019» xalqaro musobaqasi orqali bo'lajak saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'ryapmiz. O'z o'rnida, bizga mana shunday musobaqalarda qatnashib, munosib tayyorgarlik ko'rish uchun etarlicha shart-sharoit yaratib berayotgan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman. Xudo xohlasa, Olimpiada saralashida yaxshi qatnashib, Tokio-2020 musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritishga harakat qilamiz", - dedi Bahrom Norsafarov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!