So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
UEFA Evropa musobaqalarida mehmondagi gol qoidasini butunlay bekor qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135
UEFA Evropa musobaqalari uchun mehmondagi gol qoidasini to'liq bekor qilish imkoniyatini ko'rib chiqadi, deb xabar bermoqda The Times.
Ushbu qoidani bekor qilish 28-may, juma kuni Portuda UEFA klublar musobaqalari qo'mitasining yig'ilishida muhokama qilinadi. Agar UEFA klublardan etarlicha qo'llab-quvvatlov olsa, tashkilot mehmondagi gol qoidasini o'zgartirish jarayonini boshlaydi.
Avvalroq, aprel oyida UEFA kelasi mavsum uchun mehmondagi gol qoidasiga katta o'zgartirish kiritishni rejalashtirgani haqida xabar berilgandi.
Yangi qoidalarga ko'ra, mehmonda urilgan gollar faqat ikkala uchrashuvda asosiy vaqtga to'g'ri keladi. Agar ikkita uchrashuv yakunida qo'shimcha vaqt belgilanlangan bo'lsa, mehmonlar jamoasida mehmondagi gol ustunligi bo'lmaydi.
Bunday taklif Evropaning etakchi klublari tomonidan qo'llab-quvvatlandi, mehmondagi gol qoidasidan butunlay voz kechish taklifi esa rad etildi.
Amaldagi reglamentga ko'ra, ikki o'yinlik qarama-qarshilikda teng hisob bo'lsa, o'zga raqib maydonida ko'proq gol urgan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi.
Manba: The Times