So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Suares: "Messi jamoada qolishi kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81
Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Luis Suares «Barselona» forvardi Lionel Messiga Kataloniya klubida qolishni maslahat berdi.
«Messiga do'sti va uning muxlisi sifatida «Barselona»da qolishni maslahat beraman. Bu haqda uning o'ziga ham aytgandim», - deya Suaresning so'zlarini keltirmoqda Marca nashri.
«Barsa» bosh murabbiyi Ronald Kuman Kataloniyada ish boshlagach, Luis Suares uning rejalaridan o'rin olmaganini aytgach, urugvaylik hujumchi 2020 yilning sentyabr oyida «Atletiko»ga o'tgandi. 34 yoshli urugvaylik forvard Madriddagi dastlabki mavsumida «Atletiko» bilan chempionlikni qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Messining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi. Avvalroq, argentinalik 33 yoshli forvardning klubda qolishi haqida xabar berilgandi.