So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APLda may oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95
Premer-liga rasmiy sayti may oyining eng yaxshi murabbiyligiga nomzodlarini e'lon qildi.
Da'vogarlar qatoriga Mikel Arteta («Arsenal»), Marselo Bielsa («Lids»), Yurgen Klopp («Liverpul») va Devid Moes («Vest Xem») kirdi.
Arteta «Arsenal» bilan o'tkazilgan barcha 5 uchrashuvda g'alaba qozongan, shu jumladan «Chelsi» ustidan 1: 0 hisobida zafar quchgan. Bielsa «Lids» bilan birga 4 g'alabaga erishdi, shu jumladan «Tottenxem»ga qarshi o'yinda 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Klopp «Liverpul» bilan 5 g'alabaga erishgan, shu jumladan «Manchester Yunayted»ni 4:2 hisobida enggan. Moyes qo'l ostidagi «Vest Xem» esa 5 o'yinda 3 g'alaba va 1 durang qayd etgan.
Ma'lumot uchun, aprel oyida «Nyukasl» ustozi Stiv Bryus Premer-liga murabbiyi bo'lgan edi.