So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APL. «Liverpul» yoki «Manchester Siti» ?!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1792
Dunyoning eng kuchli chempionatida chempionlik uchun kurash qizg'in tus olmoqda. Poyganing buyog'i intirigaga boy bo'lishi turgan gap. Sababi, oradagi ochkolar farqi tobora kamayib bormoqda. Bugun APL haqida qisqacha
Chempionlik uchun kurash.
Bu mavsumdagi APL g'olibligi uchun poygada ikkita klub qolganlarga nisbatan kichik ustunlik bilan ilgarilab ketdi. «Liverpul» juda uzoq kutilgan chempionlik uchun bor kuchi bilan harakat qilsa, Gvardiola shogirdlari oradagi 1 ochkolik farqni yo'qqa chiqarish uchun qo'ldan kelgan hamma ishni qilishmoqda. Mutaxassislar ushbu jamoalarda chempionlik uchun imkoniyatlarni mavsum boshidan beri 50 / 50 deya baholashgan bo'lsada, kichik ustunlik «Mersasaydliklar» tomonida edi. Ammo «Manchester Yunayted» va «Bavariya»ga qarshi kechgan uchrashuvlardan so'ng «Liverpul»ning imkoniyatlari biroz shubha ostida qoldi… Klopp shogirdlari endilikda APL o'yinlaridagi har bir ochko oltinga teng ekanligini his qilib turishibdi. «Manchester Siti» esa ularning ortidan ishonch bilan ta'qib qilib kelmoqda va deyarli etib qoldi…
Poyga yakunlanishiga 10 ta tur qoldi. Hozir ushbu turlarda jamoalar qanday klublar bilan o'yin o'tkazishlarini e'tiboringizga havola etamiz.
29-tur
«Everton»: «Liverpul»
«Manchester Siti» : «Bormunt»
30-tur
«Liverpul» : «Byornli»
«Manchester Siti» : «Uotford»
31-tur
«Fulhem»: « Liverpul»
32-tur
«Liverpul»: «Tottenhem»
«Fulhem»: «Manchester Siti»
33-tur
«Soutgemton» : «Liverpul»
«Manchester Siti» : «Kardif»
34-tur
«Liverpul» : «Chelsi»
«Kristal Pelas» : «Manchester Siti»
35-tur
«Kardif» : «Liverpul»
«Manchester Siti» : «Tottenhem»
«Man Yunayted»: «Man Siti» – qoldirilgan uchrashuv. 25.04.19
36-tur
«Liverpul» : «Haddersfild»
«Bernli» : «Man Siti»
37-tur
«Nyukasl» : «Liverpul»
«Man Siti» : «Lester»
38-tur
«Liverpul» : «Vulverxemton»
«Brayton» : «Man Siti»
Halaqit beruvchi omillar
«Liverpul»
Klub o'zining shiddatli o'yinlari bilan tobora chempionlik uchun shaxdam qadamlar tashlab kelayotgan edi, ammo, so'nggi turlarda o'yinlaridagi shiddat birdaniga pasaydi. Muhammad Saloh va Firminoning o'yinlari birinchi davranikiga solishtirganda anchayin pasaygan. Kloppning hujum uchligidan kimdir maydonga tushmasa, «Liverpul» o'ziga o'xshamay qolmoqda. Bu klubda ularning o'rnini to'liq bosa oladigan hujumchilar yo'q ekanligini shundoq ko'rsatib turibdi. Shakiri va Origi har qancha harakat qilsa ham, ularning o'rnini bosa olmayapti…
«Manchester Siti»
Bu klubning top darajaga chiqishi uchun Shayx Mansur 2 milliardga yaqin pul sarfladi. Ammo «Shaharliklar»ning top klublar sirasiga kirishlari uchun bitagina omil to'sqinlik qilmoqda. Bu ham bo'lsa EChL da g'alaba qozona olishmagani. Gvardiolaning klubga taklif etilishidan ko'zlangan asosiy maqsad ham aynan shundan iborat edi. Sababi, klub u siz ham ikki bor APL da g'olib chiqishni uddasidan chiqqan. Gvardiola klub tarixida yangi sahifa ochishi uchun EChLda g'alaba qozonishi shart! Bu esa o'z navbatida ichki chempionat o'yinlarida to'liq tarkib va kuch bilan ishtirok etishga imkon bermaydi.
Xal qiluvchi omillar
Poyga yakunlangani sari ochkolarning qiymati oshib boradi. Shu sabab, autsayderlardan ochko olish ham qiyinlashib ketadi. Ushbu poygada ikki klubning ham imkoniyatlari teng. Razm solib qarasangiz, tarkib borasida ham klublarning imkoniyatlari bir xil. Chempionlik poygasida g'olib chiqish katta ehtimol bilan Gvardiola va Kloppning taktik yurishlari va rotatsiyadan unumli foydalanishlariga bog'liq.Bu kurashda «Liverpul» yoki «Manchester Siti» emas, aynan murabbiylar hal qiluvchi nuqtani qo'yishadi. Umid qilamiz, bu kurash bizni so'nggi turga qadar hayajonda ushlab turadi!
Ya.U