So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Simeone: «Angliya klublari – Evropadagi eng yaxshisi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114
«Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Angliya Premer-ligasini Evropaning ayni damdagi eng kuchli ligasi deya tan oldi.
«APL klublari – Evropadagi eng yaxshisi. Angliya chempionati ham juda kuchli liga. Eng avvalo klublar moliyaviy barqarorligi uchun ham bu turnir klublari kuchli. Boshqa ligalarda esa etakchi klublar soni ko'p emas - «PSJ», «Bavariya» «Barselona», «Real». Birgina Angliyada «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Chelsi» klublari istalgan turnirda g'oliblikni qo'lga kirita oladi. Bu chempionatda tengkuchli klublar ko'p. Chempionlar ligasi yarimfinali va finali ham ingliz klublarining kuchini ko'rsatib turibdi», - deya Simeonening so'zlarini keltirmoqda ESPN.
Ma'lumot uchun, «Atletiko» EChL 1/8 finali ikki o'yinida ham «Chelsi»ga mag'lub bo'lib, turnirni tark etgandi. «Chelsi» 29 may kuni finalda «Manchester Siti»ga qarshi saf tortadi.