So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Milan» jamoaning mudofaa vakili bilan xayrlashishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91
Himoyachi Alessio Romanoli ushbu yozda «Milan»ni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Shkira o'zining tvitterida xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, «rossonerilar» «Chelsi»dan «Milan da ijarada o'ynagan ingliz himoyachisi Fikayo Tomorini sotib olish uchun ishlamoqda. Qayd etilishicha, Romanoli Italiya klubi murabbiyi Stefano Pioli uchun ustuvor vazifa emas.
Tugatilgan Italiya chempionatida 26 yoshli Romanoli 22 uchrashuvda maydonga tushdi va bir gol, bir assistga mualliflik qildi. Italiyalikning klub bilan shartnomasi 2022 yil yozida o'z nihoyasiga etadi. Futbolchi 20 million evroga baholamoqda.
23 yoshli Tomori A Seriyaning 17 uchrashuvida ishtirok etib, bitta gol urdi.
Eslatib o'tammiz, yakuniga etgan mavsumda «Milan» 79 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi va keyingi mavsumda Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Manba: championat.com