So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
UZREPORT TV mualliflik huquqlarini himoya qilib, «Beeline»ni sudga berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108
UZREPORT TV telekanali sudga murojaat qilishining sababi, «Unitel» MChJ («Beeline» savdo belgisi) kompaniyasi o'ziga tegishli bo'lgan “Beeline TV” mobil ilovasida UZREPORT TV bilan shartnoma tuzmasdan UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarini namoyish qilib, moddiy manfaat ko'rib kelmoqda.
Mazkur harakatlari bilan «Unitel» MChJ UZREPORT TV telekanalining qonuniy huquqlarini buzmoqda.
UZREPORT TV tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, «Unitel» MChJ kompaniyasi yuqorida ko'rsatilgan xatti-harakatlarini bartaraf etish yuzasidan chora ko'rmadi.
Suddan UZREPORT TV «Unitel» MChJ kompaniyasi “Beeline TV” mobil ilovasida UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarini shartnoma tuzmasdan namoyish etmaslikni so'ragan.
Ma'lumot uchun:
UZREPORT TV (FUTBOL TV) futbol bo'yicha Evropaning bir qator milliy chempionatlari (APL, La liga, Italiya A seriyasi), Evropa Chempionlar ligasi, Evropa ligasi, shuningdek, Jahon va Evropa chempionati kabi bir qator musobaqalarning O'zbekiston bo'ylab eksklyuziv translyatsiya huquqi egasi hisoblanadi.