So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Bunyodkor» murabbiylari jarimaga tortilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, bir necha futbolchi va rasmiylarga nisbatan intizomiy choralar qo'llanildi.
1. O'zbekiston Pro liga 5-turi doirasidagi “Dinamo plyus”- «Neftchi» uchrashuv yakunidan so'ng «Dinamo» jamoasi murabbiylari Jasur Xamroev va Dilshod Sharofitdinov bosh hakam sha'niga xaqoratli so'zlar ishlatgani uchun 2 ta o'yinga chetlatish va jarima intizomiy chorasi qo'llanildi.
2. O'zbekiston «U18» Birinchiligi 3-tur doirasidagi “Oq tepa U-18”- “Nasaf U-18” uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Oq tepa U-18” jamoasi futbolchisi Bahrom Kozimov unga nisbatan o'yin qoidasi buzilgandan so'ng raqibga nisbatan tajovuzkor harakati uchun 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.
3. O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 3-tur doirasidagi “Aral Samali” - «Lokomotiv» uchrashuvida “Aral Samali” jamoasi bosh murabbiyi Timur Turdiev unga O'zPFL tomonidan taqdim qilingan akkreditasiyani o'z manfaatida begona shaxsga bergani va uni texnik zonaga kiritgani va shu bilan 2021 yilgi mavsumda O'zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar Reglamentining 17.13, 17.17- bandlarini buzganligi uchun unga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.
4. O'zbekiston Futzal Oliy ligasining 16-turi doirasidagi «Bunyodkor» – «Metallurg» uchrashuvning 35-daqiqasida «Metallurg» jamoasining futzalchisi Islombek Biyturaev ikkinchi hakam qaroridan noroziligini bildirib hakam sha'niga xaqoratli so'zlar ishlatgani uchun unga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
5. O'zbekiston «U21» birinchiligi 7-turi doirasidagi “Surxon U21” – “AGMK U21” uchrashuvining 83-daqiqasida “AGMK U21” jamoasi futbolchisi Iskandar Businov to'p uchun kurashsiz raqib oyog'iga qasdan zarba bergani va tajovuzkor xatti-harakati uchun unga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
6. O'zbekiston «U21» birinchiligi 7-turi doirasidagi “Andijon U21” – “Qo'qon 1912 U21” uchrashuvining 66-daqiqasida “Andijon U21” jamoasi futbolchisi Jamshidbek Homidov muxlislar tomonga qarata nojo'ya xatti-harakati va xaqoratli so'zlar ishlatgani uchun unga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish jarima intizom chorasi qo'llanildi.
7. O'zbekiston «U21» birinchiligi 5-turi doirasidagi “Surxon U21” – “Lokomotiv U21” uchrashuvining 66-daqiqasida “Lokomotiv U21” jamoasi futbolchisi Anvarjon Alijonov raqib o'yinchini qo'li bilan urgani uchun unga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish jarima intizom chorasi qo'llanildi.
8. O'zbekiston «U18» Birinchiligi 2-tur doirasidagi “So'g'diyona U-18”- “Oq tepa U-18” uchrashuvi yakunidan so'ng “So'g'diyona U-18” jamoasi rasmiy vakili Anvar Almatov va “Oqtepa U-18” jamoasi bosh murabbiyi Otabek Mansurov uchrashuv bosh hakami sha'niga xaqoratli so'zlar ishlatganligi uchun jarima intizom chorasi qo'llanildi.
9. O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 3-tur doirasidagi «Nasaf» - «Bunyodkor» uchrashuvi davomida «Bunyodkor» jamoasi bosh murabbiy Shuxrat Maqsudov va yordamchi murabbiy Marat Miftaxudinov hakam qaroriga o'z noroziligini qo'pol tarzda bildirgani, hakam sha'niga xaqoratli so'zlar ishlatgani va bu bilan ular 2021 yilgi mavsumda O'zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar Reglamentining 18.2, 18.3- bandlarini buzganligi uchun ularga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.